
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Hozirgina -69 kg vazndagi vakilimiz Bobousmon Baturov o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. U mo‘g‘ulistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga chiqdi.
Jang ikkinchi raunddayoq to‘xtatildi. Juda katta ustunlikka ega bo‘lgan charm qo‘lqop ustamiz texnik nokaut evaziga raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Manba: olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar