
O‘zbekiston chempionatining 5-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Metallurg" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlarning qo‘lib baland keldi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Kaxi Maxaradzening uzatmasidan so‘ng Shohruz Norxonov hisobni ochdi. 64-daqiqada Elyor Orifov hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirdi. 76-daqiqada Bahodir Pardayev hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, yaqinda Ulug‘bek Baqoyev qo‘l ostiga o‘tgan jizzaxliklar yangi murabbiy bilan g‘alabani qo‘lga kiritishdi va ochkolarini 6taga yetkazib olgan holda 8-pog‘onaga ko‘tarilib olishdi.
"So‘g‘diyona" – "Metallurg" 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 25 Norxonov, 2:0 – 64 Orifov, 2:1 – 76 Pardayev.
"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Izzat Abdullayev, 46), Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 78), Oybek Nurmatov (Sahob Rashidov, 56), Shohruz Norxonov, Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.
"Metallurg": Zafar Safoyev, Abbos Otaxonov, Bahrom Abdurahimov, Zohid Abdullayev (Bahodir Pardayev, 67), Muzaffar Muzaffarov (Islombek Isoqjonov, 56), Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Andrey Shipilov, Akbar Ismatullayev, Sergey Tumasyan.
Ogohlantirishlar: Tumasyan 35, Qulmatov 36, Shipilov 68. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar