
Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
D guruhida «Paxtakor» klubi safarda Qatarning «As-Sadd» klubi bilan o‘ynadi va 1:2 hisobida yutqazdi.
9-daqiqada Xavi jarima zarbasidan gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada Krimets burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. 87-daqiqada Bunijah himoyachilar xatosidan foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Guruhning yana bir o‘yinida «Al-Ahliy» o‘z maydonida «Persepolis»ni 2:1 hisobida yengdi.
Natijada, «As-Sadd» 7 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib oldi. «Al-Ahliy» hisobida 6 ochko, «Paxtakor»da 5 ochko, «Persepolis»da 4 ochko bor.
OChL, D guruhi, 4-tur
22 aprel
As-Sadd (Qatar) – Paxtakor (O‘zbekiston) 2:1
Gollar: Xavi (9), Bunijah (87) – Krimets (30)
Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) – Persepolis (Eron) 2:1
Gollar: As-Soma (30 pen, 84) – Xalilzoda (90+3)
E’tiboringizga Yegor Krimetsning 30-daqiqada urgan golini havola etamiz:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar