
Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram Gʻiyosov bugun oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi, deyiladi sports.uz internet nashrida. Uning bu safargi raqibi AQSHlik Emmanuel Teylor boʻldi. AQSHning Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan 10 raundlik boks jangida hakamlar (99-91, 99-91, 97-93) bir ovozdan hamyurtimizni gʻolib deb eʼlon qildi. Shu tariqa bokschimiz interkontinental kamarini qoʻlga kiritdi. Eslatib oʻtamiz, Shahram Gʻiyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi.
https://www.facebook.com/ShakhramGiyasov/videos/471719073368198/ “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar