Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Lokomotiv" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yinning 3-daqiqasida Jamshid Iskanderov chamasi 16 metrlardan kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi - 1:0.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Islom To‘xtaxo‘jayev havodan kelayotgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga aniq yo‘lladi - 2:0.
O‘yinning 71-daqiqasida o‘ng qanotdan mehmonlar o‘yinchisi Elguja Grigalashvili tepgan to‘p Yovan Jokichga tegib mezbonlar darvozasidan joy oldi - 2:1.
Keyingi daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov gol urdi - 3:1.
"Lokomotiv" – "Qizilqum" 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 - 3 Iskandarov, 2:0 - 31 To‘xtaxo‘jayev, 2:1 - 70 Grigalashvili, 3:1 - 71 Abduxoliqov.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davronbek Hoshimov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Diyorjon Turopov (Aziz Xaydarov, 65), Husniddin G‘ofurov (Avazbek O‘lmasaliyev, 46), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 77).
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Arslanmurod Amanov, Azizbek Omonov, Shuhrat Muhammadiyev, Igor Yelich.
"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev (Akmal Rustamov, 74), Eldor Boymatov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Xurshid Olimov, Ariagner Smit Medina (Sardor Jahonov, 46).
Zaxira: Yevgeniy Cheremisin, Murod Bobojonov, Humoyun Abdualimov, Azizbek Usmonov, Mirjalol Qosimov, Maqsud Karimov, Suhrob Yarashov.
Ogohlantirishlar: Qambarov (29), Hoshimov (86) “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi