date
views 2 554

Arveladze: “Liverpul” kabi yaxshi o‘ynab yutqazgandan ko‘ra yomon o‘ynab yutgan yaxshi”

Arveladze: “Liverpul” kabi yaxshi o‘ynab yutqazgandan ko‘ra yomon o‘ynab yutgan yaxshi”
OChL-2019 guruh bosqichi 5-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Persepolis” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Shota Arveladze va himoyachi Yegor Krimets ishtirok etishdi.
“Oldinda bizni juda qiyin o‘yin kutmoqda. Agar guruhdagi vaziyatga qarasak ham buni tushunib olish mumkin. “Persepolis” hozir to‘plagan ochkodan ko‘prog‘iga munosib, ammo bu futbol. Ular kuchli klub”, - Arveladze.

“Ertagangi o‘yinda ko‘p narsa hal bo‘ladi. Bizga faqat g‘alaba kerak qolgan barcha natija bizni qiyin ahvolga solib qo‘yadi”, - deydi Krimets.

- Ertaga raqibdan qanday o‘yin kutayapsiz?
- Ular doim bir xil o‘ynashadi. Ertaga ham agressiv va hujumkor o‘yin kutayapman.

- “Persepolis” bu mavsum OChLda safarda ikkala o‘yinda ham yutqazib qo‘ydi. Ertaga bu sizlarga qandaydir yengillik beradimi?
- Bunga qo‘shilmayman. Ular safarda yomon o‘ynashmayapti. Bilsangiz bitta bahsni neytral maydonda o‘tkazishdi, futbolda kim ko‘proq gol ursa o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi.

- Jamoa tarkibida yo‘qotishlar bormi?
- Jasur Yaxshiboyev jarohat olgan. Dostonbek Hamdamovda esa sariq kartochkalari soni ikkita bo‘lgan.

- Qaysi omillar evaziga raqibni mag‘lub etmoqchisiz?
- Raqibdan ko‘ra ko‘proq gol urish evaziga.

- Ertaga natija birinchi o‘rinda bo‘ladi. Deylik “Paxtakor” yomon o‘ynab 1:0 hisobida g‘alaba qozonsa xursand bo‘lasizmi?
- Albatta (kuladi). “Liverpul” kabi yaxshi o‘ynab yutqazgandan ko‘ra yomon o‘ynab yutgan yaxshi.
Narzulla Saydullayev yozib oldi

Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze: “Liverpul” kabi yaxshi o‘ynab yutqazgandan ko‘ra yomon o‘ynab yutgan yaxshi”