14:18 / 08.05.2019
2 339

O‘zbekiston iyunda Suriya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston iyunda Suriya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi 11 iyun kuni Toshkentda Suriya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, deb xabar qildi O‘FA. Avvalroq Ektor Kuper shogirdlari 7 iyunda KXDR bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushishi ma’lum bo‘lgandi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston milliy jamoasi argentinalik mutaxassis qo‘l ostidagi ilk o‘yinini 2018 yil 6 sentyabr kuni aynan Suriyaga qarshi o‘tkazgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgandi. 62-daqiqada Marat Bikmayevning penaltidan urgan goliga 78-daqiqada mehmonlar hujumchisi Umar as-Soma javob qaytargan.

O‘tgan yili kuzda KXDR bilan ham Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini tashkil etilgan, unda maydon egalari Bikmayevning har ikki bo‘limda kiritgan bittadan goli evaziga g‘alaba qozongandi (2:0). Bu – O‘zbekiston milliy jamoasining Kuper murabbiyligidagi qo‘l ilk g‘alabasi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, KXDR va Suriya milliy jamoalari yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida o‘z guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallagandi. Shimollik koreyslar ochko to‘play olishmagan bo‘lsa, suriyaliklar bir ochko bilan ortga qaytishgan. Ayni paytda, O‘FA rasmiy saytida ta’kidlanishicha, tashkilot «O‘zbekiston milliy terma jamoasiga FIFA kunlarida kuchli sparring-raqiblar topish uchun ko‘plab terma jamoalar bilan muzokaralar» olib borgan.

Osiyoda JCh-2018 saralashining ikkinchi - asosiy bosqichi 2019 yil 5 sentyabridan boshlanib, 2020 yil 9 iyunigacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston iyunda Suriya bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi