
"Barselona" yozgi transfer oynasi vaqtida 10 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Sports.uz nashrining yozishicha ro‘yxatda Samuel Umtiti, Ivan Rakitich va Filipe Koutinolar ham mavjud.
Ilgariroq OAVda klub rahbariyati Koutinoning harakatlaridan qoniqish hosil qilmayotgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Joriy yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda jami 52 bahsda maydonga tushdi va 11 ta gol kiritib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda nihoyasiga yetadi.
"Sassuolo" va "Valensiya"dan ijaraga olingan Kevin-Prins Boateng hamda Jeyson Murilolar ham o‘z jamoalariga qaytishadi. Yasper Silessen, Tomas Vermalen hamda Rafinya Alkantara kabi futbolchilar ham transferga qo‘yilishi aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar