date
views 3 495

Fazliddin G‘oibnazarov baland bo‘yli raqibini yenga oladimi?

Fazliddin G‘oibnazarov baland bo‘yli raqibini yenga oladimi?
Toshkent vaqti bilan ertaga tongda AQShning Arizona shtatida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Unda Rio olimpiadasi g‘olibi, hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga ko‘tariladi. Bu safar unga Aqshlik Maykl Foks raqiblik qiladi. Bugun mazkur jang oldidan bokschilar taroziga chiqishdi.

Ma’lumot uchun, 192 sm bo‘yga ega bo‘lgan Maykl Foks bugunga qadar profi boksda 20 ta jang o‘tkazgan va ularning 19 tasida zafar quchib, faqatgina bir marta mag‘lub bo‘lgan. Qayd etish joiz, Foks ushbu yagona mag‘lubiyatni hamyurtimiz Shohjahon Ergashevdan qabul qilib olgan edi.

G‘oibnazarov esa professional boksda 7 jangda ishtirok etib, ularning barchasida g‘olib bo‘lgan.

Manba: Sports.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov baland bo‘yli raqibini yenga oladimi?