
«Shanxay SIPG» klubi hujumchisi Elkeson Xitoy terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqda «Futbolium» kanali tomonidan xabar tarqatilgan.
Asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan hujumchi Xitoyda 5 yil davomida faoliyat olib bordi va FIFA qoidalariga ko‘ra ushbu mamlakat terma jamoasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Xitoy terma jamoasi shu tariqa JCh-2022 saralashi oldidan tarkibni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 saralashi bahslari joriy yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar