Lionel Messi: Penalti bormidi? Bilmadim, men yiqildim va hech narsa ko‘rmadim

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Betis"ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:0) belgilangan penalti haqida fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz nashri.
"Men o‘sha vaziyatda yiqilgan edim va hech narsa ko‘rmadim. Hech narsani sezganim yo‘q", - deydi hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Messi "Betis" darvozaboni Antonio Adan bilan to‘qnashib ketgach, penalti belgilangan edi. Neymar 11 metrlik belgidan bergan zarba to‘singa tegib qaytgach, "Betis" himoyachisi Xayko Vestermann avtogol kiritib qo‘ygandi.
O‘sha vaziyatda hakamga e’tiroz bildirgani uchun "Betis" bosh murabbiyi zaxira o‘rindig‘idan chetlatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing