date
views 2 759

Nexia R3 Rossiya halqa poygalari seriyasi ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi (video)

Nexia R3 Rossiya halqa poygalari seriyasi ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi (video)
«RAVON Racing Team» jamoasi Ravon Nexia R3 avtomobilida 2019 yilgi Rossiya halqa poygalari seriyasining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Poygalar Bogorodsk shahri yaqinidagi «Nijegorodskoye Kolso» trassasida bo‘lib o‘tdi.

Rossiya avtopoygalari tarixiga O‘zbekiston avtomobil brendi nomini yozdirish uchun Yefim Gantmaxer boshqaruvidagi mahalliy avtomobilga to‘rtta poyga kerak bo‘ldi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobilga Peugeot 208 GTI, Hyundai Solaris, Volkswagen Polo R2 Mk5, Kia Rio X-Line hamda Rossiyaning LADA Granta FL va Lada Kalina NFR avtomobillari raqobatchi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nexia R3 Rossiya halqa poygalari seriyasi ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi (video)