Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Nadiya Dusanova balandlikka sakrash sektorida xuddi birinchi bosqichdagidek 1.89 metr natija bilan zafar quchdi.
Bronza medalini esa bu gal Nigina Sharipova 100 metrga yugurish bahsida qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Van Suyeyi (Xitoy) va Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) egallagan bo‘lsa, 100 metrga yugurish bahsida 1-o‘rin Olga Safronovaga (Qozog‘iston), 2-o‘rin Kristina Knottga (Filippin) nasib etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin