2 461
Umid Ahmadjonov: «Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin»
Bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimidan ketishga qaror qildi. Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti sifatida ham ishlab kelayotgan Umid Muhammadjonovich chet elga xizmat safarlari ko‘pligi bois O‘FAdagi mansabini topshirish haqida ariza yozdi. Tribuna.uz nashri O‘zbekiston futbolining endilikda sobiq rahbaridan intervyu oldi.
— Agar O‘FAdagi faoliyatingizning boshiga qaytib qolsangiz, qaysi qaroringizni o‘zgartirgan bo‘lardingiz? Qayerda adashdim deb o‘ylaysiz?
— Biz futbol tepasiga kelganimizda milliy termadagi holat, ichki chempionat ahvoli kabi masalalarda e’tirozlar ko‘p edi. Haminqadar chempionat saviyasini oshirishga harakat qildik. Ketma-ket ikki yil titul homiyimiz bo‘ldi, chempionat o‘yinlarini TV orqali maksimal darajada translyatsiya qilishga erishdik. Stadionlarga sifat kirishni boshladi. Akademiyalar faoliyatini tartibga solishni istadik. Shu bilan birga, milliy termaga odamlar istaganidek xorijdan tajribali murabbiy olib keldik. U neytral inson edi, u Yevropa va Lotin Amerika futboli haqida bilardi, unda biror termani mundialga olib borish tajribasi mavjud edi.
Biz FIFA kunlaridagi vaziyatni yaxshiladik. Senegal, Marokash, Urugvay va Turkiya kabi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari uyushtirish mumkinligini isbotlay oldik. Kuper termaga yaratilgan sharoitlardan rozi. Olimpiya termasi Osiyo chempionatiga yo‘l olgandi, avvalgi terma Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi. Olimpiya termasi Afrikaning qator termalari bilan o‘ynadi, ularni vodiyga taklif qildik. Boshqa rejalarimiz ham bor edi. Biroq 20 yil epaqaga kelmagan futbolni 2 yilda fantastik o‘stira olmasdik.
Ha, aytgancha, biz kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan va harom yo‘l bilan pul topayotgan kishilarni ham futbolimiz tarixida birinchi marta aniqlab, ularni prokuraturaga topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgandik. O‘tgan mavsum ichida qo‘limizdan kelganicha ishladik. Futbolda bitta Osiyo chempionligimiz bor edi va JCh yo‘lida edik. Osiyo o‘yinlarida mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijamizni qayd etib, Tokio sari harakatlanayotgandik. Biroq bu yo‘lning ham yarmida tushib qolgandik. Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin.
— Futbolni boshqarish uchun eng muhimi nima, tajribangizdan kelib chiqib javob bersangiz: futbolni tushunish, kuchli gapi utadigan amaldor bo‘lish, yaxshi kadrlarni yig‘a olish?
— Qars bitta qo‘ldan chiqmaydi, har taraflama kuchli bo‘lishingiz kerak. Biroq boshqa sohalar kabi futbolni ham faqat bitta yo‘l bilan odam qilish mumkin: qonunlar ustuvorligi, ya’ni, adolat yo‘li bilan. Futbolga kelib bilganim shu bo‘ldiki, uning muammolari tag-tomirigacha ildiz otib ketgan. Bu muammolarni birdaniga yechishning iloji yo‘q, buning uchun yillar kerak bo‘ladi.
— Estafetani Usmonovdan olib, o‘rinbosaringizga topshirayotgan paytingizda, qaysi sohalarda oldinga siljish qila oldim deb o‘ylaysiz? Ya’ni shu ikki yillik faoliyatingizda qaysi amaliy ishlaringiz bilan faxrlanasiz?
— Nima qila olganimiz haqida birinchi savolga javobda aytdim. Qila olmaganlarim ham, xatolarim ham yetarlicha. Faxrlanishga arziydigan ish qilishga esa ulgurmadim. Faqat aytishim mumkin bo‘lgani, har bir viloyatda akademiya bunyod etib bormoqchi va bu ishni 2022 yil yakuniga yetkazmoqchi edik. Ishonamanki, shu ish yillar o‘tib o‘z mevasini bera boshlaydi.
— O‘zbek futboliga nimadir bera oldim deb o‘ylaysizmi?
— Biz o‘zbek futboliga solishtirish imkoniyatini bera oldik. Bizdan avval qanday ishlangan va biz qanday ishlaganmiz — endi hammaning o‘z tasavvuri bor. Bizdan keyingi odam mana shu ikki yo‘lning xato va kamchiliklarini chetlab o‘tib, yaxshilarini rivojlantirsa, ishlar yaxshi bo‘ladi. Bu borada keyingi rahbariyatga kuch-quvvat, matonat hamda omad tilab qolaman. Nasib bo‘lsa Qatardagi mundialga borganimizda stadionning bir chetidan bo‘lsa ham o‘yinlarni kuzatamiz, terma jamoamizga muxlislik qilamiz. Futbolni kim rivojlantirishi muhim emas, muhimi uning rivojlanishi. Shu yo‘lda qandaydir qadamchalarimiz bo‘lsa, bu bizni baxtiyor qiladi.
— Bundan keyin ham futbol muxlisi bo‘lib qolasizmi?
— So‘zsiz. Futbol faoliyati doimo hayotimning ajralmas va og‘riqli qismi bo‘lib qoladi. Chunki bunda mazza qilib ishlay olmadik, katta va mashaqqatli yo‘ldan yurishimizga to‘g‘ri keldi. Biroq afsuslanmaymiz. Futboldan faqatgina unga bo‘lgan mehrni olib chiqib ketamiz.
— Butun faoliyatingiz davomida muxlislar, jurnalistlar, futbol jamoatchiligining tanqidiga uchradingiz. Bu tanqidlarga qanday qaradingiz? Ketish oldidan ularga nima degan bo‘lardingiz?
— Tanqidlar uchun doim roziman. Ularsiz yuqorida aytgan ishlarimizni ham qila olmasdik. Tanqid bo‘lgani uchun ham kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishladik. Rahbariyat bizga qanday vazifa topshirsa, uni ado etish uchun doim tayyor turganmiz. Shu vazifani sidqidildan bajarish uchun qo‘limizdan kelganicha mehnat qilganmiz. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi