O‘zbekiston milliy jamoasi FIFAning iyun oyi uchun terma jamoalar reytingida uch pog‘ona yuqorilab, 82-o‘ringa joylashdi.
Bu bilan Ektor Kuper jamoasi Osiyo termalari ichida Suriyani ortda qoldirib, 10-pog‘onaga chiqdi.
O‘zbekiston OFKga a’zo mamlakatlar miqyosida so‘nggi marta 2018 yil aprel oyida yuqori o‘nlikda qayd etilgan edi.
FIFA reytingining yangi talqinida Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori o‘nlikda shundan boshqa o‘zgarish kuzatilmagan. Natijada O‘zbekiston sentyabr oyidan boshlanadigan JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichida 2-savatchadan o‘rin oladi.
Reytingni hamon Belgiya milliy jamoasi boshqarib turibdi. Keyingi o‘rinlardagi Fransiya, Braziliya va Angliya ham o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Millatlar ligasi g‘olibi Portugaliya esa Xorvatiya va Urugvayni ortda qoldirib, kuchli beshlikka qo‘shildi. Umuman olganda, yuqori o‘nlik tarkibi o‘zgarmay qoldi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?