17:25 / 14.06.2019
3 683

Saken Polatov Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘ldi (foto)

Saken Polatov Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘ldi (foto)
Milliy olimpiya qo‘mitasining birinchi vitse-prezidenti Ahmadjon Rahimov lavozimini tark etdi. U bilan birga tashkilotning yana bir vitse-prezidenti Komiljon Ro‘ziyev ham mansabini topshirgan.

Tribuna.uz nashri ma’lumotiga ko‘ra, qo‘mita prezidenti Rustam Shoabdurahmonov bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishdan ketgan vitse-prezidentlar o‘rniga Saken Polatov va Azizjon Komilov nomzodlarini ilgari surgan va bu nomzodlar bir ovozdan ma’qullangan.

Qayd etish kerak, tadbirkor Saken Polatov fevral oyida O‘zbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti bo‘lgandi. U bungacha «Lokomotiv» futbol klubi rahbariyatida ishlab kelgan.

Azizjon Komilov esa O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi sanaladi. U bu lavozimga 2018 yil dekabr oyida kelgan.

Azizjon Komilov
Ma’lumot uchun, o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Rahimov va Osiyo Kurash Konfederatsiyasi prezidenti Komiljon Ro‘ziyev MOQ vitse-prezidenti sifatida dekabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.

Ahmadjon Rahimov

Komiljon Ro‘ziyev
Qo‘mitaning uchinchi vitse-prezidenti Salim Abduvaliyev – O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi hisoblanadi. Ayni paytda tashkilotda Rahimov o‘rniga kimning birinchi vitse-prezident bo‘lishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov 15 may kuni Umid Ahmadjonov o‘rniga saylangan edi. Ahmadjonov kecha, 13 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimidan ketish haqida ariza yozgan. Bugun O‘FAda hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saken Polatov Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘ldi (foto)