20:40 / 14.06.2019
4 243

Ichki ishlar vaziri o‘rniga uning o‘rinbosari O‘FA vitse-prezidenti bo‘ldi

Ichki ishlar vaziri o‘rniga uning o‘rinbosari O‘FA vitse-prezidenti bo‘ldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida ikki nafar vitse-prezident almashdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda Umid Ahmadjonov va Po‘lat Bobojonov iste’fosi tasdiqlandi.

Tribuna.uz nashri xabar berishicha, Ahmadjonov o‘rniga Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident etib saylangan bo‘lsa, IIV rahbari Bobojonovning o‘rnini uning o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev egalladi.

Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev dekabr oyida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida muddatidan oldin hisobot-saylovi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot prezidenti Ochilboy Ramatov o‘rniga boshqa rahbar saylanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ichki ishlar vaziri o‘rniga uning o‘rinbosari O‘FA vitse-prezidenti bo‘ldi