“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- “Nasaf” – yaxshi jamoa. Bugun teng o‘yin namoyish etildi. G‘alaba qozonishimiz ham yoki yakunda mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. G‘alabani qo‘ldan chiqarishda o‘zimiz aybdormiz. Raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdik. Lekin bundan foydalana olmadik. O‘yin oxirida bizda ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi.
“Nasaf” jamoasini o‘rganganimda ushbu klubning o‘yin so‘nggida jismonan ancha yaxshi harakat qilayotganiga guvoh bo‘lgandim. Ammo bugun uchrashuv oxirida biz ham yaxshi harakat qildik. Har bir jamoa raqibning qay darajada o‘ynashga imkon berishiga qarab maydonda to‘p suradi. “Nasaf” ancha yaxshi jamoa. Yaxshi saviyadagi murabbiy ushbu klubda faoliyat olib boryapti va futbolchilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatyapti. Bugun ular o‘z maqsadlariga yeta olishdi, - dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi