
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike egallab turgan lavozimini tark etdi.
Bu haqda "Marca" gazetasi xabar tarqatdi. Ispaniya futbol federatsiyasi bosh murabbiyning arizasini qabul qildi.
Federatsiya rahbari Luis Rubiales bu haqda tezkor matbuot anjumanida rasman ma’lum qilishini aytib o‘tdi. Luis Enrike oilaviy sharoit tufayli terma jamoa bilan xayrlashdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mutaxassis Ispaniya terma jamoasini JCh-2018dan keyin qabul qilib olgandi. Oxirgi o‘yinlarda esa uning yordamchisi Roberto Moreno boshqarib kelayotgandi. Endilikda aynan uning bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar