Shu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida VI Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa doirasida bugun Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi (KSAO) III kongressi oʻtkazildi. Unda qitʼamizning 20ga yaqin davlati kurash federatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
Kongressda dastlab Tailand kurash assotsiatsiyasining prezidenti, yoshlar oʻrtasida VI Osiyo chempionati tashkiliy qoʻmitasi raisi Pulsak Sajathamnukul va Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi vitse-prezidenti Mirzaquli Qurbonov mazkur musobaqani oʻtkazish boʻyicha koʻrilgan tayyorgarlik ishlari haqida hisobot taqdim etdi.
Taʼkidlash lozim, dunyo sayyohlarining sevimli maskanlaridan biri hisoblanadigan Pattayya shahri mezbonlik qilgan VI Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etildi. Unda qitʼamizning 20ga yaqin davlatidan 200dan ziyod yosh kurashchi gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Kongressda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (IKA) texnik direktori Rizo Nosiriy soʻzga chiqib, Osiyo qitʼasi IKA oilasidagi eng yirik va qudratli konfederatsiyalaridan biri ekanligini qayd etdi.
“Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan dunyo kurashchilarining reyting tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim sinov tariqasida Osiyo qitʼasidan boshlanadi”, deb qoʻshimcha qildi janob Nosiriy.
Yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrildi. Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining vitse-prezidentlari Samsudin (Indoneziya) hamda Kim Eur Jong (Koreya Respublikasi) oʻz lavozimlaridan ozod etildi.
Kongressda Bangladesh, Laos va Qirgʻiziston kurash federatsiyalari Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi