2 741
Kopa Amerika. Paragvayni penaltilar seriyasida yenggan Braziliya yarim finalga chiqdi (video)
Braziliyada davom etayotgan Kopa Amerika musobaqasida pley-off bosqichi start oldi.
Chorak finalning ilk o‘yinida mezbonlar Paragvay milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Braziliyaliklar 70 foizlik to‘p nazoratiga ega bo‘lishganiga va mehmonlar 58-daqiqadan keyin bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, o‘yinda hisob ochilmadi. Zarbalar bo‘yicha hisob – 26:5, aniq zarbalar – 8:1.
Penaltilar seriyasini Paragvay milliy jamoasi boshladi va dastlabki zarbadayoq xatoga yo‘l qo‘ydi – himoyachi Gustavo Gomesning zarbasini Alisson qaytarib qoldi. Mezbonlardan esa to‘rtinchi zarbaga kelib Roberto Firmino adashdi, u to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi. Firminodan keyin to‘pga yaqinlashgan Derlis Gonsales ham raqibining xatosini takrorladi. Gabriel Jezusning aniq zarbasidan keyin Braziliya yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tite qo‘l ostidagi jamoa final yo‘lida Venesuela-Argentina juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan bugun tungi 00:00da boshlanadi.
Kopa Amerika
Chorak final
Braziliya – Paragvay 0:0, pen. - 4:3
Braziliya – Alisson, Filipe Luis (Aleks Sandro, 46), Markinos, Tiago Silva, Dani Alves (Lukas Paketa, 85), Allan (Villian, 71), Koutino, Artur, Firmino, Gabriel Jezus, Everton.
Paragvay – Fernandes, Alonso, Balbuena, Piris, Gomes, Almiron, Ortis, Peres (Roxas, 74), Sanches (Eskobar, 78), Arsamendiya (Valdes, 61), Gonsales.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3.
Ogohlantirishlar: Arsamendiya (30), Piris (34), Alonso (37), Filipe Luis (44), Firmino (47), Artur (84).
Chetlatish: Balbuena (58)
29 iyul, 00:00. Venesuela — Argentina
29 iyul, 04:00. Kolumbiya — Chili
30 iyul, 00:00. Urugvay — Peru “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi