
Coca Cola Superligasining 13-tur uchrashuvlari start oldi. Samarqand shahrida kechgan "Dinamo" hamda "Bunyodkor" bahsi teng urashlar ostida kechdi.
"Bunyodkor" mehmonda to‘p surayotgan bo‘lsa-da, ko‘proq hujumlar tashkil qildi. Bu esa 29-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Mirjahon Mirahmadov himoyachilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolardan foydalanib hisobni ochdi, - 0:1.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumlarni tashkil qilishdi. Natijada, zaxiradan safga qo‘shilgan Sanjar Barotov "Bunyodkor"ning himoyachida yuzaga kelgan xatolik evaziga muvozanatni tikladi, - 1:1.
85-daqiqaga kelib esa bosh hakam "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bundan esa Xurshid G‘iyosov unumli foydalandi va jamoasining hisobda oldinga olib chiqdi, - 1:2.
Superliga 13-tur
"Dinamo" - "Bunyodkor" - 1:2
Gollar: Sanjar Barotov (64) - Mirjahon Mirahmadov (29), Xurshid G‘iyosov (86, pen)
"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Loqayev, Hakimxon Alamxonov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov, Sardor Eminov, Jasur O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Obidjon Hakimov, Shohruh Abdurahmonov.
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov, Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullayev, Suhrob Izzatov.
Ogohlantirishlar: Hakimxon A’lamxonov (8) - Suhrob Izzatov (37)
Manba: Uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar