
Janubiy Koreya K-ligasida 18-tur uchrashuvlari doirasidagi "Seul" - "Ulsan" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy bahsida durang qayd etildi - 2:2. Bellashuvda seulliklar tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 87 daqiqa o‘ynadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, hamyurtimiz 41-daqiqada koreys klubi safidagi navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur o‘yindan so‘ng "Seul" 38 ochko jamg‘arib, "Chonbuk Motors" bilan birgalikda musobaqa jadvali 1-2-o‘rinlarini bo‘lishib turishibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar