“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov Liga Kubogi 3-turi doirasida “AGMK”ga qarshi kechgan bahsdan (3:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yin muxlislar uchun qiziqarli bo‘ldi. Yettita gol urildi, menimcha bundan stadionga kelgan ishqibozlar rohat olishdi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, g‘alaba bilan raqibni tabriklaymiz. Ushbu kubok bahslarida ularga omad tilaymiz.
Biz esa o‘z maqsadimizga erishdik. Garchi keyingi bosqichga yo‘l olmagan bo‘lsakda, zaxira futbolchilarini tekshirib oldik. Bu musobaqa bizga yaqin kelajakda tayanishimiz mumkin bo‘lgan o‘yinchilarimizni sinovdan o‘tkazishga yordam berdi.
Mavsumlar oralig‘ida jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Oldinda 13ta o‘yin qoldi va bizda futbolchilar yetarli”, – deydi Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin