Alvaro Gonsales: Messi meni «yaramas» deb atadi, men uni «pakana» dedim

"Espanol" klubi himoyachisi Alvaro Gonsales Ispaniya Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuvda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida gapirib o‘tdi.
"Leo o‘yin davomida meni tanqid qila boshladi. Ba’zi paytlarda men unga javob qaytarib turdim. U meni "yaramas" dedi, javobiga men uni "pakana" deb aytdim. Biz ikkimiz bu gaplarga rozi bo‘lib, kulishdik-da, bu vaziyatni unutib yubordik.
Pashshadan fil yasash shartmas. Maydonda bunday voqealar ko‘p ro‘y beradi. Bu voqealar maydonda qolgani yaxshi", - deydi Gonsales. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing