19:23 / 11.07.2019
3 053

O‘zbekistonlik bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

O‘zbekistonlik bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
Professional boksning o‘ta yengil (-50,8 kg) vazn toifasi vakili Olimjon Nazarov (18 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat, 11 ta nokaut) 25 avgust kuni chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli bokschi shu kuni kuni filippinlik Ivan Sorianoga (20 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang, 10 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang WBO International chempionlik kamari uchun kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov ayni vaqtda Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg‘ulotlar olib bormoqda.

So‘nggi bor u 16 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida gruziyalik Mishiko Shubitidzeni (11 ta g‘alaba, 14 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 4 ta nokaut) birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi