«PSJ» hujumchisi Neymar va Ispaniya soliq idoralari o‘rtasida muammo yuzaga kelgan.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, soliq organi braziliyalik futbolchining Barselonada 4 yil yashagan davridagi soliq to‘lovlari va «PSJ»ga transferi bo‘yicha tafsilotlarni o‘rganib chiqqan.
Mart oyida El Mundo nashri ispaniyalik g‘aznachilar Neymarning «PSJ»ga o‘tishi tafsilotlarini o‘rganayotgani haqida yozgandi. Parij klubiga transfer bo‘lguniga qadar 2017 yilda braziliyalik futbolchi Barselonada 183 kundan ortiqroq vaqt yashagan, shuning uchun o‘z yillik daromadini Ispaniya soliq to‘lovchisi sifatida deklaratsiya qilishi kerakligi aytilgandi.
O‘rganishlar natijasida idora Neymardan 35 mln yevroga yaqin pul talab qilmoqda. Ish sudga qadar yetib borishi mumkin.
Qayd etish joiz, Neymarning o‘z vatani Braziliyada ham soliqlar bilan bog‘liq muammolari mavjud. Bir necha kun oldin soliqchilar Neymar 2013 yilda «Santos»dan «Barselona»ga o‘tganida 40 mln yevro bonus olgani bilan bog‘liq ishni tekshirish doirasida uning 16 mln yevroga yaqin qiymatdagi 36ta mulk ob’ektini muzlatib qo‘ygani ma’lum bo‘lgandi.
Soliqlar bilan bog‘liq muammo hujumchining «Barsa»ga qaytishi masalasini chigallashtirishi mumkin.
Bundan avvalroq «Barselona» ushbu braziliyalik futbolchi uchun 130 mln yevro va uch nafar futbolchisini berishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin