Toshkentning «Humo» klubi Kontinental Xokkey Ligasining (KXL) 2011 yildagi eng yaxshi debyutanti Pavel Zdunov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Oliy Xokkey Ligasi (OXL) sayti xabar beradi.
Pavel Zdunov so‘nggi 5 yilni Nijnekamsk shahrining «Nefteximik» klubida o‘tkazdi. 28 yoshli xokkeychi o‘tgan mavsumda 53ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ochko jamg‘arishga erishdi.
Zdunov «Humo» klubining bu yilgi 14-transferi bo‘ldi. Ayni paytda toshkentliklar tarkibida KXL klublaridan o‘tgan 5 nafar xokkeychi bor. Avvalroq jamoaga «Admiral» xokkeychilari Roman Tatalin va Semen Valuyskiy, «Dinamo Moskva» himoyachisi Aleksey Pepelyayev, shuningdek, «Spartak Moskva» hujumchisi Artyom Voronin kelib qo‘shilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Humo» xokkey klubi yangi mavsumdan boshlab Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) rossiyalik mutaxassis Yevgeniy Popixin bosh murabbiyligida ishtirok etadi.
OXL – ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, nufuzi jihatidan Kontinental Xokkey Ligasidan (KXL) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozog‘istonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi ishtirok etgan. Qozog‘istonning «Sariarka» klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?