Rasman! "Qizilqum" "Inter"da o‘ynagan avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Rasman! "Qizilqum" "Inter"da o‘ynagan avstraliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Superliga jamoalari masumlar oralig‘idagi transferlar davrida o‘z tarkiblariga yangi futbolchilarni qo‘shib olishmoqda.
Jumladan, mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazmayotgan “Qizilqum” avstraliyalik yarim himoyachi Stiven Lastika bilan shartnoma imzoladi.

Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi Zapreshichning “Inter” klubi bo‘lgan edi. U bu mavsum Xorvatiya birinchi ligasida 7ta o‘yinda maydonga tushgan xolos.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" safida shuningdek Lasha Totadze (Gruziya), va Mate Vatsadze (Gruziya) kabi legionerlar ham ko‘rikdan o‘tishmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar