
Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6 ta jang, 6 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) 24 iyul kuni o‘zining 7-jangini o‘tkazadi.
GoSport’ning xabar berishicha, Moskvadagi «Korston klub« arenasida bo‘lib o‘tadigan jangda Bahodirga ukrainalik German Skobenko (5 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 2 ta nokaut) raqiblik qiladi. Jang 8 raunddan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov bunga qadar, so‘nggi marta joriy yilning 10 aprel kuni AQShda Brendan Barrettga (7 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 5 ta nokaut) qarshi jangda g‘alaba qozonib, NABF Junior Heavyweight Title chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Bahodir JalolovProfessional BoksO‘tgan JangMoskvadagi ArenaGerman SkobenkoNABF Junior Heavyweight O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar