
O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsa, birinchi bo‘lib gol urish mehmonlarga nasib etdi. 8-daqiqada Doston Ibrohimov himoyachilarni ortda qoldirib markazdan yorib kirdi, uning uzatmasidan keyin navoiyliklarning yangi futbolchisi Mate Vatsadze kuchli zarba bilan hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar bosimni kuchaytirishdi, biroq “Qizilqum” jamoasi himoyani yaxshi ushlay oldi va o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Qizilqum" 14 ochko to‘plab 10-pog‘onaga ko‘tarildi. "Navbahor" (21) esa uchinchi o‘rinda qoldi.
Cola Cola Superliga, 14-tur
“Navbahor” –“Qizilqum” 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 - 8 Vatsadze.
“Navbahor” – O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Aziz Turg‘unboyev, Aleksandr Kasyan, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Ilhol Alijonov, Abbos G‘ulomov (Amirbek Jo‘raboyev, 68), Ayubxon No‘’monov, Nodir Movlonov.
“Qizilqum” – Yevgeniy Cheremesin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze, Petr Stiven, Salim Mustofoyev, Sherali Jo‘rayev, Aziz Usmonov, Ruslan Margiyev, Saidjamol Davlatjonov (Nodirxon Kamolov, 58), Mate Vatsadze (Vohid Shodiyev, 86), Doston Ibragimov (Sardor Jahonov, 74).
Ogohlantirishlar: Davlatjonov (11), Totadze (90+1)
NavbahorQizilqumO‘zbekiston ChempionatiFutbol UchrashuviNamanganSuperliga O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar