
Bugun «Bunyodkor» uchun Superliganing ikkinchi davrasi start oladi.
Xabaringiz bor, jamoa davralar oralig‘ida Minskda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Yig‘in davomida uch nafar xorijlik futbolchi ko‘rikdan o‘tdi. Ularning ikki nafari bilan shartnoma imzolandi. Bular - rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy va ukrainalik Yevgeniy Chumak.
Har ikkala futbolchi ham yarim himoyada harakat qiladi, faqat biri qanotda, ikkinchisi markazda. Dmitriy Ostrovskiy 21-raqamda harakat qilsa, Yevgeniy Chumakka 24-raqamdagi libos topshirildi.

DMITRIY OSTROVSKIY
Tug‘ilgan sanasi: 15.04.1998
Fuqaroligi: Rossiya
Ampluasi: Qanot yarim himoyachisi
Faoliyati: «Ararat» (Armaniston, 2016-2017), «Oloy» (Qirg‘iziston, 2017-2018).

YeVGENIY ChUMAK
Tug‘ilgan sanasi: 25.08.1995
Fuqaroligi: Ukraina
Bo‘yi: 181 sm. Vazni: 73 kg
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyati: «Dinamo» (Ukraina, 2012-2016), «Goverla» (Ukraina, 2015), «Torpedo-BelAZ» (Belorus, 2016), «Zvezda» (Ukraina, 2016), «Karpati» (Ukraina, 2016), «Dnyapro» (Belorus, 2017), «Desna» (Ukraina, 2018), «Shevardeni» (Gruziya, 2019).
UKRAINA TERMA JAMOASI
2012-2013 Ukraina (u-18) 8 (0)
2013-2014 Ukraina (u-19) 10 (0)
2014-2015 Ukraina (u-20) 9 (1)
2014-2016 Ukraina (u-21) 6 (2)
Manba: fcbunyodkor.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar