17:20 / 30.07.2019
2 382

Bugun «Lokomotiv» o‘zida «Dinamo»ni, «Qizilqum» esa «Paxtakor» sinovdan o‘tkazadi

Bugun «Lokomotiv» o‘zida «Dinamo»ni, «Qizilqum» esa «Paxtakor» sinovdan o‘tkazadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turiga 30 iyul, seshanba kuni start beriladi.
Kunning dastlabki o‘yinida Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi «Qo‘qon-1912» maydoniga safar qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax klubi 14-turda «Lokomotiv»ni Shohruz Norxonovning goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0). Qo‘qonliklar esa «Paxtakor»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Samvel Babayan boshliq Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo»sini qabul qiladi. O‘yinga soat 19:00 da start berilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, «temiryo‘lchilar» 27 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 18 ochko to‘plagan «Dinamo» 8-o‘rinni band qilib turibdi.

Kunning so‘nggi bahsida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi mehmonda Navoiyning «Qizilqum» klubini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi.

Qayd etish joiz, «sherlar» 38 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Navoiy klubi esa 14 ochko to‘plab 10-pog‘onada bormoqda.

30 iyul, seshanba kuni
1. «Qo‘qon-1912»—«So‘g‘diyona» 18:00
2. «Lokomotiv»—«Dinamo» 19:00
3. «Qizilqum»—«Paxtakor» 20:00

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun «Lokomotiv» o‘zida «Dinamo»ni, «Qizilqum» esa «Paxtakor» sinovdan o‘tkazadi