Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi (1:2) o‘yindan so‘ng jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Rostini aytsam, Qo‘qondagi o‘yin qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik, chunki mezbonlarning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin edi. Kutilganidek uchrashuv murakkab tarzda kechdi. G‘alabaga osonlikcha erishganimiz yo‘q. Qo‘qonliklar bugun yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilar maydonda borlarini berib to‘p surishdi. Raqibimiz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani bizga qo‘l keldi.
Qolaversa bunday issiq havoda to‘p tepish oson emas. Futbolchilarim yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Futbolda gol urgan jamoa yutadi. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", - deb Baqoyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi