«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi o‘yinlaridan uzoq muddatga chetlatildi.
AS xabariga ko‘ra, KONMEBOL futbolchini 3 oy muddatga diskvalifikatsiya qildi. Uning muddati 2 avgustdan boshlab hisoblanadi. Natijada Messi 2019 yil noyabr oyining boshigacha Argentina milliy jamoasi o‘yinlarida ishtirok etolmaydi.
Jazo choralari futbolchining Amerika Kubogidagi xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Argentina milliy jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritgan, ammo hujumchi taqdirlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortgan, shuningdek, jamoasining finalga chiqolmaganiga hakamlar va korrupsiya sabab bo‘lganini aytgan edi.
Dastlab Messi 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortilib, 1ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Qayd qilish joizki, Argentina milliy jamoasi yil oxiriga qadar faqat o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Sentyabr oyida «oq-havoranglilar» Meksika va Chili, oktyabrda Germaniya va Baskoniya viloyati, noyabrda Saudiya Arabistoni va Braziliya bilan bellashadilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi