Foto: Triatlon federatsiyasi
2 avgust, juma kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Markaziy Osiyo triatlon assotsiatsiyasining (CATA) ikkinchi kongressi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, mazkur yig‘ilishda mamlakat triatlon federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Farruh Nosirov CATA vitse-prezidenti etib saylandi.
Shu bilan birga Kongressda yaqin kelajakdagi asosiy maqsadlar, aniq vazifalar belgilandi va bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, CATA shafeligida birinchi musobaqalarning o‘tkazilish muddatlari aniq bo‘ldi. Triatlon bo‘yicha musobaqalarga birinchi marta joriy yilning 5 oktyabr kunidan start beriladi.
Paratriatlon bo‘yicha CATA birinchi starti esa 22 sentyabr kuni Qozog‘istonning Oqtau shahri mezbonlik qiladigan birinchi Osiyo kubogi doirasida o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi