
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida “Lokomotiv”ni mag‘lub etganidan keyin “Surxon” jamoasining vaqtinchalik ustozi Vladimir Andreyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"G‘alabalarga osonlikcha erishilmaydi. Shu boisdan ular yoqimli bo‘ladi. Umuman olganda o‘yin og‘ir o‘tdi. O‘yin tomonlama biz raqibga mag‘lub bo‘ldik. Ammo yigitlar o‘zlarida kuch topa olishdi, muvozanatni tiklashdi va hisobda oldinga ham o‘ta olishdi. Yigitlar haqli g‘alabaga loyiq edilar. Ularni tabriklayman.
O‘zbekiston Kubogidagi barcha jamoalar uzoqqa borishni o‘ylaydi. Bu sovrinni qo‘lga kiritish – klub rahbarlari, futbolchilari, murabbiylarining orzusi. Ammo bunga loyiq ham bo‘lish kerak.
Yana bir bor ushbu raqib bilan o‘ynaymiz. Ayta olamanki, navbatdagi o‘yin bundan-da og‘ir o‘tadi", - deydi Andreyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar