Qatarda o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar 9ta medalni qo‘lga kiritishdi


Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yosh sportchilar 3 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA'ga asoslanib Kun.uz .
Osiyo chempionatida dunyoning 20ga yaqin davlatidan 200 nafardan ziyod sportchi bahslashdi.
Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sunnatilla Shokirjonov, Farhod Sobirov, Azimjon G‘aniev, Shahzod Xudoyberganov, Davron Kenjaev, Jo‘rabek Zoirov kabi sportchilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Foto: O‘zA / Kun
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…