SSKA hujumchi Fyodor Chalovni sotib yuborgan taqdirda uning o‘rniga «Rostov»dan Eldor Shomurodovni xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Betting Insider Moskva klubiga yaqin manbasiga tayanib xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, «Rostov» ayni paytda o‘zbekistonlik hujumchisi bilan xayrlashish niyati yo‘q.
Shomurodovning agenti Kaxor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Eldor rus klublariga o‘tmoqchi emas.
«SSKA – Rossiyaning eng obro‘li jamoalaridan, lekin biz RPL klublari takliflarini ko‘rib chiqmaslikka kelishib olganmiz. U o‘zini Yevropada sinab ko‘rmoqchi.
Bunday takliflar bor. Ammo biz «Rostov»ni hurmat qilgan holda transfer shartlari va vaqti bo‘yicha qarorni ular qabul qilishlari kerak, deb hisoblaymiz», – dedi agent «Sport-Ekspress» muxbiri bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Shomurodov Rossiya chempionatining ortda qolgan 4ta turida qatnashib, 3ta gol urdi. U iyun oyida klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolagan edi.
Qo‘shimcha qilish joiz, so‘nggi xabarlarda SSKA Fyodor Chalovni tarkibda saqlab qolishga qaror qilgani aytilmoqda. Shu bois harbiylar klubi «Kristal Pelas»ning 23 mln funtlik taklifini rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi