08:50 / 11.08.2019
2 245

Shota Arveladze: "Lokomotiv" bilan oradagi farq bu qadar oshib ketishini kutmagan edim

Shota Arveladze: "Lokomotiv" bilan oradagi farq bu qadar oshib ketishini kutmagan edim
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Buxoro" bilan Toshkentdagi bellashuvdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlarga ajoyib o‘yin va g‘alaba uchun rahmat aytaman. Ular juda yaxshi harakat qilishdi, ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Bahsni to‘liq nazorat qildik. Ertangi bo‘lib o‘tadigan tadbirlardan oldin hammasi yaxshi bo‘lishini xohlagandim. 11 avgust kuni 1979 yilgi jamoani chin yurakdan, mehr bilan yodga olamiz.

Oldinda bizni hali ko‘plab o‘yinlar kutmoqda. 10 uchrashuv va 30 ochko o‘ynaladi. Shu sababli xotirjamlikka berilmaymiz. Yirik g‘alabalar ishonchni orttiradi, ammo bu bo‘shashtirmaydi. O‘zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashishni istaymiz. "Lokomotiv" bilan oradagi farq bunchalik oshib ketishini kutmagandim. Ularda yaxshi tarkib bor, ammo ba’zida futbolda ishlaring o‘xshamaydi", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Lokomotiv" bilan oradagi farq bu qadar oshib ketishini kutmagan edim