
Xabaringiz bor ayni damda Rossiya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Krilya Sovetov” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvni doimgidek asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 33-daqiqaga kelib raqib darvozasini ishg‘ol etdi va rostovliklarni oldinga olib chiqdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 24 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi uchun joriy mavsum RPLdagi 4-gol bo‘ldi va u to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan Artyom Dzyuba (“Zenit”) va Aleksandr Sobolevlarga (“Krilya Sovetov”) yetib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar