
Jamoalar hozirga qadar chempionatlar doirasida zaro 23 bahsda maydonga tushishgan. Ularning 17tasida g‘alabaga erishgan "Paxtakor" 2 marta durang o‘ynagan hamda 4 to‘qnashuvda olmaliqliklarning qo‘li baland kelgan. AGMK darvozasi 37 marta ishg‘ol etilib, 14 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
Olmaliqda kechgan 11 bahsning 8tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Birinchi davrada Toshkentda "Sherlar" 4:1 hisobida muvaffaqiyatga erishishgan. Jamoalar safida diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar yo‘q.
AGMK va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 17 avgust, shanba kuni soat 19:15da AGMK stadionida boshlanadi.
AGMK – "PAXTAKOR"
Hakamlar: Elyor Tursunov, Aleksandr Sidorov, Hasan Nabiyev, Rustam Choriyev.
Nazoratchi: Andrey Tambovsev.
Komissar: Abbos Ahrorov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar