Tayson Fyuri: Yana kim bilan jang qilishim kerak? Biri Rossiyaga qochib ketdi, yana bittasi Bolgariyaga

Foto: The Sun
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o‘zi tomon bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi. Avvalroq britaniyalik bokschiga raqib sifatida Otto Uallinning tanlanishi tanqidlarga sabab bo‘lgandi.
«Biz Kubrat Pulev, Aleksandr Povetkin, Charlz Martin, Jarrel Miller kabi bokschilarga taklif bilan chiqdik. Qisqasi ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Bu yigitlarning barchasi yoki jang qila olmaydi, yoki buni istamaydi.
Men bundan hayratda emasman, chunki ularning har birini dodini bergan bo‘lardim. Pulev Bolgariyaga qochib ketdi, Povetkin esa Rossiyaga. Men bilan jang qilishni istagan bokschi bitta — Otto Uallin», — deydi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Uallin o‘rtasidagi jang 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o‘zi tomon bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi. Avvalroq britaniyalik bokschiga raqib sifatida Otto Uallinning tanlanishi tanqidlarga sabab bo‘lgandi.
«Biz Kubrat Pulev, Aleksandr Povetkin, Charlz Martin, Jarrel Miller kabi bokschilarga taklif bilan chiqdik. Qisqasi ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Bu yigitlarning barchasi yoki jang qila olmaydi, yoki buni istamaydi.
Men bundan hayratda emasman, chunki ularning har birini dodini bergan bo‘lardim. Pulev Bolgariyaga qochib ketdi, Povetkin esa Rossiyaga. Men bilan jang qilishni istagan bokschi bitta — Otto Uallin», — deydi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Uallin o‘rtasidagi jang 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…