17:55 / 26.08.2019
2 830

O‘zbek shaxmatchilari yana medallar yutishdi

O‘zbek shaxmatchilari yana medallar yutishdi
Joriy yilning 18-25 avgust kunlari Qirg‘izistonda jamiyat va davlat arbobi Ulan Cholponboyev xotirasiga bag‘ishlangan “Issыk-Kul» (OPEN 2019) xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Shaxmatchilar “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda bahslashishmoqda. “A” guruhda xalqaro reytingga ega bo‘lgan yoshi chegaranmagan shaxmatchilar bo‘lsa, “B” guruhda 7,9,11,13,15,17 yoshgacha bo‘lgan kategoriyalar bo‘yicha dona surishmoqda.

O‘zbekisto Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mukofot jamg‘armasi 3000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu turnir 9-turdan iborat. Shaxmatchilarga partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt havola etiladi.

“Issыk-Kul» (OPEN 2019)da 24 hamyurtlarimizdan tashqari, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan tashrif buyurgan shaxmatchilar ham dona surishmoqda.

Ushbu turnirda bir qator shaxmatchilarimiz medallar bilan yurtimizga qaytishmoqda:
1) Jumanov Elbek (1997 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo) - open turnirda kumush medal,
2) Omonova Umida (2006 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha open turnirda oltin medal,
3) Saparova Sitora (2001 yilda tug‘ilgan, Navoiy shahri) - qizlar o‘rtasidagi open turnirda oltin medal,
4) Xegay Yuliya (2004 yilda tug‘ilgan, Toshkent) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha open turnirda oltin medal,
5) Yuldoshev Mehriddin (2003 yilda tug‘ilgan, Navoiy) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha open turnirda kumush medal,
6) Xusainova Ozoda (2002 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati) - qizlar o‘rtasidagi open turnirda bronza medali,
7) Allaberganov Akbar (2013 yilda tug‘ilgan, Toshkent) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
8) Anvarova Dileri (2010 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona) - qizlar o‘rtasida o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
9) Rahmatullayev Aqjol (2008 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
10) Aktamova Zilola (2008 yilda tug‘ilgan, Navoiy) - qizlar o‘rtasida o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
11) Bashritdinova Shaxrizoda (2007 yilda tug‘ilgan, Navoiy) - qizlar o‘rtasida o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
12) Rahmatullayev Almas (2006 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
13) Shermuxammedov Samandar (2004 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha oltin medal,
14) Anvarova Aziza (2012 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona) - qizlar o‘rtasida kumush medal,
15) Rajabboyev Ibrat (2011 yilda tug‘ilgan, Xorazm) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha kumush medal,
16) Abdumannopova Farzona (2010 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri) - qizlar o‘rtasida o‘z yosh toifasi bo‘yicha bronza medali,
17) Abdumannopova Shaxina (2007 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahri) - qizlar o‘rtasida o‘z yosh toifasi bo‘yicha bronza medali,
18) G‘afforov Anvar (2006 yilda tug‘ilgan, Toshkent) - o‘z yosh toifasi bo‘yicha bronza medali.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek shaxmatchilari yana medallar yutishdi