
Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dragan Cheran mazkur bellashuvda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Sardor Sobirxo‘jayev va Igor Sergeyevlar bittadan o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Bunga andijonliklar safida Ildar Mamatkazin bir bor javob qaytardi xolos.
Parallel ravishda kechgan "So‘g‘diyona" - AGMK qarama-qarshiligida mezbonlar minimal hisobda zafar quchishdi. Bahsdagi yagona gol 80-daqiqada Kaxi Maxaradze tomonidan kiritildi.
"Paxtakor" bugungi muvaffaqiyat evaziga o‘z ochkolar sonini 50 taga yetkazib oldi. "Andijon" esa 16 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi. Ulug‘bek Baqoyev boshqaruvidagi "So‘g‘diyona" ketma-ket g‘alabalar evaziga 30 ochko jamg‘arishga erishdi va jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkosi bor olmaliqliklar esa 13-pog‘onadan joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar