2021 yilgi Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi

2021 yilgi Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi
2020/2021 yilgi UYeFA Chempionlar ligasi final uchrashuvi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu nomga “Zenit”ning uy stadioni hisoblangan “Gazprom-Arena” hamda “Bavariya”ga tegishli bo‘lgan “Alyans-Arena” stadionlari da’vogarlik qilishmoqda. Biroq, AP News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra UYeFA ushbu mezbonlikni piterliklarga beradi. Myunxen esa oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2021/22 yilgi mavsum finalini qabul qiladi.

E’tiborlisi, 2023 yilgi YeChL finali Londondagi mashhur “Uembli” stadionida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu va yuqoridagi xabarlarga joriy yilning 24 sentyabr kuni UYeFA aniq javob beradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar