
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov "Lokomotiv"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Dastlabki 30 daqiqa juda asabiy o‘tdi. Bu olti ochkolik uchrashuv edi va qiyin bo‘lishini bilar edik. Taxminan 30-daqiqadan boshlab o‘z kuchimizga ishonchimiz ortdi va kerakli natijaga erishdik.
To‘purarlar bahsini kuzatib bormoqdaman. Albatta, men chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni va jamoamning ochko to‘plashiga yordam berishni istayman", - dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz 7 ta gol bilan to‘purarlar poygasida yetakchilikni qo‘lga olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar