
"Manchester Yunayted"ning serbiyalik skauti Krsto Kilibarda Rossiya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Rostov" (1:2) uchrashuvini kuzatib bordi.
Ingliz klubi vakili kechagi bahsni bevosita "RJD-Arena" stadionidan turib kuzatib bordi. "Izvestiya" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, serbiyalik mutaxassis aynan qaysi futbolchini kuzatish uchun tashrif buyurgani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, muxlislar Kilibardani "Rubin" hamda SSKA jamoalari ishtirokidagi bahsda ham uchratishgan edi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Eldor Shomurodov "temiryo‘lchilar"ga qarshi kechgan uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar