Rossiya premer-ligasi o‘zining rasmiy saytida chempionatning o‘tgan avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan “Rostov” klubi forvardi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham joy oldi. Ta’kidlash kerakki, u avgust oyida 5ta o‘yinda 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shomurodov ayni damda 7ta gol bilan musobaqa to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Hamyurtimizdan tashqari shuningdek «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolev (5ta o‘yinda 3 gol, 1 ta assist), «Spartak» xavbeki Gus Til (4ta o‘yinda 1ta gol, 3ta assist), «Lokomotiv» xavbeki Gjegoj Krыxovyak (5ta o‘yinda 3ta gol) va SSKA himoyachisi Mario Fernandeslar (5ta o‘yin 2ta gol) ham bor.
Endi oyning eng yaxshi futbolchisi muxlislar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi