Foto: Getty Images
Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov Abu-Dabida UFC 242 musobaqasi doirasida Dastin Porega qarshi o‘tkazadigan jangi oldidan OAV vakillari bilan suhbatlashdi. U navbatdagi raqibini avvalgi raqibi Konor Makregor bilan solishtirgan.
“Fikrimcha, Dastin Konordan biroz farq qiladi, biroq farq kattamas. U ham zarbdor. Dastin Konordan ko‘ra MMAning mukammalroq jangchisi hisoblanadi. Pore yengil divizionda ancha baquvvat yigitlarni mag‘lub etgan, biroq Makgregor bizning vazn toifamizda g‘alaba qozonganini eslay olmayman”, deb aytgan dog‘istonlik jangchi.
Xabibning ta’kidlashicha, Dastin tajribali jangchi.
“Dastin unvon uchun jangga sazovor bo‘ldi. Unda katta, yaxshi tajriba bor. U katta janglarda kuchli raqiblar bilan mushtlashgan”, deb ta’kidlab o‘tgan Xabib.
Xabib Konorni chempionlik unvonining birinchi himoyasida mag‘lub etgan. Uning Porega qarshi jangi 7 sentyabrda Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin